Fan-texnika | 12:42 / 06.01.2017
7164
2 daqiqa o‘qiladi

Kun videosi: Panasonic’dan yangi robot-tuxum

Panasonic kompaniyasi CES 2017 iste'molchilik elektronikasi ko‘rgazmasida xuddi inson kabi harakatlana oluvchi robotni namoyish etdi. Uning tashqi ko‘rinishi katta oq tuxumni eslatib yuboradi.

Robotning diametri 29, balandligi esa 48,9 santimetr bo‘lib, bu oddiy oshxona mikseri bilan deyarli bir xil degani. U kichik g‘ildirakchalari tufayli yuza bo‘ylab osonlik bilan harakatlanadi. Shu bilan bir qatorda, “tuxum”ning qopqog‘i ichiga o‘rnatilgan proyektor bilan ishlash uchun ochilishi mumkin. Panasonic tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya inson harakatini takrorlab, o‘zi bilan muloqotni yanada tabiiyroq qilish imkoniga ega. Tovush va o‘rnatilgan proyektor mos ravishda ishlaydi, bu esa robot va inson o‘rtasidagi bog‘liqlik hissini keltirib chiqarishi mumkin.

Noodatiy robot Wi-Fi modul bilan jihozlangan bo‘lib, sun'iy idrok asosida tabiiy tilni avtomatik tarzda qayta ishlashga qodir. Bu uning atrofdagilar bilan muloqotini oson qiladi. Shuningdek, robot istalgan ma'lumotni yuklab olishi hamda mashina va insonlar bilan mustaqil ravishda aloqa o‘rnatishi mumkin.

Panasonic AQSh va dunyoning boshqa mamlakatlariga robot dizaynini ro‘yxatga olish uchun talabnoma yubordi. Uning bozorga chiqarilish muddati noma'lum.

Mavzuga oid