Jahon | 21:48 / 07.01.2017
3815
2 daqiqa o‘qiladi

Kot-d'Ivuar mudofaa vaziri isyonchilar bilan muzokara olib boradigan bo‘ldi

Kot-d'Ivuar mudofaa vaziri Alayn-Richard Donvaxi 7 yanvarda Buake shahriga isyon ko‘targan demobilizatsiya qilingan harbiylar bilan muzokaralar o‘tkazgani keldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Va'da berganimdek, birodarlarimiz bilan uchrashgani keldim. Men bu yerga ularni tinchlantirish uchun kelganman, buni mendan prezident iltimos qildi", deb aytgan Donvaxi isyonchilar bilan uchrashuv oldidan. Donvaxi ularni eshitib, yechimni topishga harakat qilib ko‘radi.

Avvalroq Reuters axborot agentligi harbiylar qurol-aslaha omborlarini qo‘lga olib, Buake shahrini nazoratlari ostiga olganlarini ma'lum qilgandi. Keyinroq mamlakat mudofaa vazirligi Buakedagi isyonda ishtirok etayotgan amaldagi harbiylarni isyonni bas qilib, kazarmalarga qaytishga chaqirgan. "Askarlardan osoyishtalikni saqlash va kazarmalarga qaytish so‘raldi", deb aytgan Donvaxi maxsus telemurojaatda.

Shuningdek, 6 yanvarda Daloa va Korxogo shaharlarida amaldagi harbiylar isyoni bo‘lib o‘tgan. Isyonchi harbiylar 2007 yildagi barcha kelishuvlar bajarilmaganini aytishgan. Jumladan, harbiylar maoshlari oshirilishini talab qilmoqdalar. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid