Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: jangarilar Damashqning 5 million aholisini suvsiz qoldirdi
Suriya prezidenti Bashar Asad «Jabhat an-Nusra» terrorchilik tashkiloti jangarilari Damashq fuqarolarini uch haftadan beri ichimlik suvisiz ushlab turishganini ma'lum qildi. Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.
«Hozirda terrorchilar Damashqni ta'minlab turuvchi ichimlik suvining asosiy manbasini egallab olishdi. Shu tariqa, 5 milliondan ortiq aholi uch haftadan beri suvsiz qolmoqda. Suriya armiyasining vazifasi – terrorchilarga suvdan foydalangan holda poytaxtni bo‘g‘ishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ushbu hududlarni ozod qilishdir», - dedi u.
Shuningdek, Asad Ostonada 23 yanvar kuniga belgilangan muzokaralarga tayyorligini bildirdi va uchrashuvda Suriya konstitutsiyasi bo‘yicha referendum haqidagi masala ko‘tarilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Ma'lumot uchun, 2016 yil dekabr oyi oxirida jangarilar Damashq atrofidagi suv manbalarini dizel yoqilg‘isi bilan zaharlashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025