O‘zbekiston | 10:55 / 09.01.2017
27537
2 daqiqa o‘qiladi

Fotolavha: Navro‘z arafasida ochilishi rejalashtirilgan yo‘l qurilishi

Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi yo‘l qurilishi davom etmoqda. 

Loyihalarga ko‘ra, bunda Yangi shahar ko‘chasini Bog‘ishamol ko‘chasi bilan tutashtiradigan 1100 metrdan iborat yangi avtomobil yo‘li hamda Bo‘zsuv kanali ustidan 510 metrli ko‘prik qurilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu obektlardagi qurilish ishlarini 2017 yil mart oyida to‘liq va sifatli yakunlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida topshiriqlar berilgan.

Shosh.uz saytida ushbu qurilish jarayonidan olingan foto va videolavhalar taqdim etilgan.

1. Yangi yo‘lning kabel zavodi tomonidan ko‘rinishi

2. Yangi yo‘lning kabel zavodi tomonidan ko‘rinishi. Chorraha

3. Yangi yo‘l qurilishi munosabati bilan bir qator xonadonlar ko‘chirilgan

4. Kengayishi kutilayotgan yo‘l bo‘lagi

5. Bo‘zsuv kanali ustidan o‘tadigan ko‘prikning boshlanish joyi

6. Ko‘prik quriladigan maydon

7. Ko‘prik quriladigan maydon, asos

8. Ko‘prik qurilishi, Bo‘zsuv kanali

9. Ko‘prik qurilishi, svai

Qurilish (xaritada)

Mavzuga oid