Sport | 21:46 / 09.01.2017
8297
1 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovich sudda yutib chiqdi

Yengil atletika bo‘yicha Shvetsiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Ulf Karlsson «Manchester Yunayted»  hujumchisi Zlatan Ibrahimovichga sudda yutqazdi.

2016 yilning aprel oyida Karlsson shvetsiyalik futbolchi «Yuventus»da o‘ynagan kezlarida (2004—2006 yilgi mavsumlar) muskullarini 10 kilogrammgacha shishirish uchun doping qabul qilganini aytgandi.

Shvetsiya sudi Karlssonning so‘zlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblovlar yo‘qligi, biroq ularda futbolchi doping qilganiga ishora borligi haqida qaror chiqardi.

Karlsson so‘zlariga isboti yo‘qligi hisobga olinib, sud uni tuhmat qilishda aybdor deb topdi va unga 2,6 ming yevro miqdorida jarima soldi.

Mavzuga oid