O‘zbekiston | 12:52 / 09.01.2017
48730
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda odamlarni IShIDga yollash bilan shug‘ullangan shaxsga jazo tayinlandi

Illyustrativ foto

Samarqand viloyat sudi fuqaro Asqar Yo‘ldoshevni ekstremistik g‘oyalarni tarqatgani va IShID terrorchilik guruhiga tarafdorlarni jalb qilgani uchun sakkiz yil ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda RIA Novosti sud vakiliga asosan xabar bergan.

"Sud yig‘ilishi davomida Yo‘ldoshev IShIDga tarafdorlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali jalb qilgani, 2016 yilda Suriyaga jo‘nab ketib, terrorchi-jangarilarga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlandi. U bu safarga jo‘nab ketishga uch nafar mahalliy fuqaroni ham ko‘ndirgan. U sud qarori bilan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi", - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.

Sud ma'lumotlariga ko‘ra, Yo‘ldoshev 2014 yilning iyun oyida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytib kelgan. "U RF hududida "Jihodchilik" taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkiloti g‘oyalari ta'siriga tushib qolgan. Tashkilot Suriyaga jangarilarni yollash bilan bog‘liq. Yo‘ldoshev vatanga qaytib kelgach, odamlarni yollash bo‘yicha faoliyatini davom ettirdi", - dedi sud vakili.

Ma'lumot uchun, IShID bugungi kunda dunyo xavfsizligiga eng katta tahdidlardan biri bo‘lib, terrorchilar uch yil davomida Iroq va Suriyaning katta hududlarni egallab oldi. Ularning aksariyati so‘nggi oylarda qaytarib olingan.

Mavzuga oid