Jahon | 18:52 / 10.01.2017
12931
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik Excel jadvali tubiga yetib borish uchun to‘qqiz soat sarfladi

Amerikalik videobloger Xanter Xobbs o‘z oldiga Microsoft Office Excel jadvali tubiga yetish maqsadini qo‘ydi. U klaviaturadagi “pastga” tugmachasini bosish orqali bu masalani hal qilmoqchi bo‘ldi.

Aniqlanishicha, Excel jadvali 1 million 48 ming 576 qatordan iborat ekan. Blogerga buni bilish uchun to‘qqiz yarim soat vaqt talab etildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Excel tajriba" — "barcha davrlarning eng telba chaqirig‘idir", biroq buni amalga oshirish oson bo‘lmagan, sababi so‘nggi qatorga qadar tugmadan barmoqni uzmagan holda yetib borish kerak bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid