Light | 22:48 / 30.08.2018
33795
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada pishayotgan o‘zbek somsasi: Buni yaponiyalik qiz o‘zbekcha ta'riflab berdi (video)

Bugun O‘zbekiston, uning xalqi, urf-odatlari va qadriyatlari dunyo xalqlarining e'tiboriga tushib, ularning qiziqishini tobora oshirmoqda. Buni turli misollarda ko‘rish mumkin. Qaysidir davlatda o‘zbek qadriyatlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bo‘layotgan bo‘lsa, boshqa bir davlatda esa uning tarixiga oida ko‘rgazmalar namoyish etilmoqda. Ammo biror bir xorijlikni o‘zbek tilini o‘rganib, o‘zbek milliy taomlari tayyorlashini bilishi kishini haqiqatda hayratga soladi.

Videobloger, ayni damda Yaponiyada tahsil olayotgan Sevara mahalliy aholi vakilasi, yaponiyalik qizning sof o‘zbek tilida gapirishi, shu bilan birga, o‘zbek somsasi tayyorlanishidan hayratga tushdi. U o‘z taassurotlarini kadrga muhrladi va boshqalarga ulashdi.

Videodan ko‘rish mumkinki, u yerda yashayotgan yapon qiz bir vaqtlar O‘zbekistonga kelin bo‘lgan va bir qancha vaqt u yerda yashagan. O‘zbek tili va urf-odatlarini o‘sha yerda o‘rgangan. Yaponiyaga qaytgach ham, o‘zbek tilini unutmagan va shu bilan birga hovlisida turli mevali ko‘chatlar, jumladan, olma, nashvati va anor yetishtirgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, yapon qizi vataniga qaytgach, ishini o‘zbekcha non sotishdan boshlagan, so‘ngra somsa yopib, sotuvga chiqargan. 

- Mahalliy aholi somsaning hidini tuyib, bu nima ekan deb kelishadi, - deydi voqeamiz qahramoni. – Keyin somsani ko‘rib, uni xarid qilishadi. Ularga manzur bo‘lmoqda. Somsalarni halol go‘shtlardan tayyorlaymiz. Ilk bor tandir qurib, non yopganimizda, nonning hidi chiqib, menga O‘zbekistonni eslatib yubordi. Vatanimning hidini tuygandek bo‘lganman o‘shanda. Chunki ozmi-ko‘pmi o‘sha yerda yashadim.

Ma'lumotlarga ko‘ra, oila o‘z biznesini yana kengaytirib, mahalliy aholiga yanada qulayroq va sifatli xizmat ko‘rsatish niyatida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid