Singapur aeroportida sakkiz yil yashagan ayol aniqlandi
Singapur aeroportida nomi oshkor etilmayotgan ayol sakkiz yil davomida istiqomat qildi. Bu haqda Strait Times nashri xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, uning shahar tumanlaridan birida uch xonali uyi bor.
Ayol 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan so‘ng mablag‘ yetishmovchiligiga duch kelib, og‘ir kunlarni aeroport binosida o‘tirib, yengib o‘tishga qaror qilgan. Biroq oxir-oqibat bu yerda ko‘p yillarga qolib ketgan. Ayol o‘z uyini ijaraga bergani aytildi.
U aeroportdagi qulayliklarga o‘rganib qoldi. Kutish zalida har doim konditsionerlar ishlaydi, tez ovqatlanish shoxobchalari bor, shuningdek, dush qabul qilish va bepul Wi-Fi’dan foydalanish imkoni mavjud. Xabarlarga ko‘ra, u o‘z uyini sotib, aeroportda qolishga qaror qilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, Singapur aeroportida undan tashqari yana 10 kishi doimiy ravishda istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024