Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Miura 50 yoshida ham futbolchilik faoliyatini davom ettiradi
Yaponiyalik futbolchi, ayni vaqtda 49 yoshda bo‘lgan Kazuyoshi Miura «Yokogama» bilan shartnomasini uzaytirdi.
The Japan Times xabariga ko‘ra, u Yaponiyaning ikkinchi divizioni jamoasida yana bir yillik shartnomaga ega.
Shu tariqa, dunyoning eng keksa futbolchisi bo‘lib turgan Miura faoliyatidagi o‘ttiz ikkinchi mavsumni o‘tkazadi. 26 fevral kuni u 50 yoshini qarshilaydi.
Ma'lumot uchun, 1967 yilda tug‘ilgan yaponiyalik futbolchi o‘z faoliyatini 1986 yilda, Braziliyaning «Santos» klubida boshlagan. U Italiya A Seriyasida ham to‘p surgan, 1994 yilda Miura «Jyenoa» sharafini himoya qilgandi.
Miura «Yokogama» safida 2005 yildan buyon to‘p surib keladi. U Yaponiya terma jamoasi bilan 89 uchrashuvda maydonga chiqqan va 55 gol urgan.
Yaponiyaning O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarida maydonga chiqqan Kazuyoshi Miura O‘zbekiston termasi darvozasiga 5 ta gol (shulardan 4 tasini bitta o‘yinda) urgan.
Mavzuga oid
21:30 / 17.02.2020
Yaponiyadagi laynerda karantin muddati tugamoqda, Xitoyda 60 mln kishi karantinda. So‘nggi ma'lumotlar
13:05 / 11.01.2019
Dunyoning eng keksa futbolchisi 52 yoshida ham faoliyatini davom ettiradi
18:03 / 12.03.2017