Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-Liga. "Sevilya" "Real"ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga "nuqta qo‘ydi"
Ispaniya chempionatining 18-turida "Sevilya" o‘z maydonida "Real Madrid"ni qabul qildi. Shiddatli kechgan uchrashuv mezbonlarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinda dastlab hisobni mehmonlar ochishdi. 67-daqiqada Ronaldu jamoadoshlari ishlab olgan penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi. 85-daqiqada jarimadan oshirib berilgan to‘pni Ramos o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Yovetich uzoqdan gol kiritib, "Sevilya"ga g‘alaba keltirdi.
Sevilya – Real Madrid 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 67, penalti Ronaldu, 1:1 – 85, avtogol Ramos, 2:1 – 90 Yovetich.
Sevilya – Riko, Parexa, Eskudero, Mariano, Rami, Nasri, Iborra (Sarabiya, 77), Vitolo, Nzonzi, Vaskes (Yovetich, 68), Ben-Yyedder (Vetto, 90).
Real Madrid – Navas, Varan, Ramos, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 75), Karvaxal, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Iborra (31), Nzonzi (42), Nasri (81), Marselo (84).
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025