Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin narkopolitsiyachilari janubiy koreyalik tadbirkorni o‘ldirishgan
O‘tgan yili Filippinda o‘g‘irlab ketilgani taxmin qilingan janubiy koreyalik tadbirkor, aslida, mahalliy politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan. Bu haqda Yonxap axborot agentligi Janubiy Koreya TIVga tayangan holda xabar qilgan.
Agentlik ixtiyoridagi ma'lumotlarga ko‘ra, Koreya respublikasining Maniladagi elchixonasi Filippin tashqi ishlar vaziri Perfekto Yasayga norozilik bildirib, jiddiy tergov ishlari olib borishni talab qiladi. Bundan tashqari, ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining telefon orqali muloqoti ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Avvalroq, Filippin matbuoti 53 yoshli Chi Ik Chu Anjyeles-Siti shahridagi uyidan, bir necha odam, shu jumladan, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashuvchi politsiyachilar libosidagi kishilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqida yozgan edi.
Yonxap agentligining xabar qilishicha, Filippin politsiyasining Janubiy Koreya TIVga yo‘llagan maktubida, o‘g‘rilar koreyalik tadbirkorni jinoyatni sodir etgan kuni bo‘g‘ib o‘ldirishgani va ehtimol yoqib yuborishgani ta'kidlangan.
Tadbirkor politsiya ofitserlaridan birining rafiqasiga tegishli avtomobilda giyohvandlikka qarshi kurashga doir tergov yuzasidan olib ketilgan. Shu maqsadda, Chi Ik Chuga hibsga olish bo‘yicha qalbaki orderni ko‘rsatishgan. Taxminlarga ko‘ra, ushbu jinoyatga yana 4 kishi, xususan, tadbirkor uyidagi xizmatchi ayol va politsiya xodimlarining aloqasi bor.
Chi Ik Chu yo‘qolganidan 2 hafta o‘tgach, o‘g‘rilar uning yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilishgan va 100 ming dollar miqdorida tovon puli talab etishgan. Hech narsadan xabari yo‘q tadbirkor yaqinlari bu mablag‘ni jinoyatchilarning hisobiga o‘tkazishgan. Bundan tashqari, g‘arazgo‘ylar o‘z qurbonlarining kredit kartasidan ham pul yechib olishgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
17:25 / 07.05.2025