Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada 4 marta eng yaxshi bo‘lgan futbolchi terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Misr hukumati milliy terma jamoaning sobiq futbolchisi Muhammad Abutrikani «Birodar-musulmonlar» diniy-siyosiy tashkilotiga aloqadorligi uchun terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda BBC xabar tarqatdi.
Abutrika Misr hukumati tomonidan terror tashkiloti sifatida baholangan assotsiatsiyaga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatganlikda ayblanmoqda. 2012 yilda ushbu futbolchi mamlakatning o‘sha vaqtdagi prezidenti, «Birodar-musulmonlar» namoyondasi Muhammad Mursiyni ochiq qo‘llab-quvvatlagandi.
2013 yilda Mursiy harbiy isyon natijasida hukumatdan ag‘darildi. O‘sha yili Abutrika ham professional faoliyatini yakunlagandi.
Abutrikaning advokati ma'lum qildiki, hozircha futbolchiga rasman ayblov e'lon qilinmagan, lekin u apellyatsiya berishga tayyor turibdi.
2008 yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnomada Muhammad Abutrika togolik Emmanuel Adebayordan ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallagan. U Afrika qit'asida o‘ynovchi eng yaxshi futbolchi sifatida 4 marta taqdirlangan (2006, 2008, 2012, 2013).
Mavzuga oid
18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi
17:45 / 08.01.2025
O‘zbekistonda taqiqlangan diniy manbalar va materiallar ro‘yxati e’lon qilindi
19:34 / 27.11.2024