Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nissan qorli quti va suv solingan bochkalar sotuvini yo‘lga qo‘yadi
Nissan kompaniyasi Amazon'da XTreme Collection do‘konini yaratdi. Ushbu do‘konda qor solingan quti, suv to‘ldirilgan bochkalar, toshlar va "yer chekkasidagi" boshqa g‘alati predmetlar sotiladi. Bu haqida The Drum nashri xabar berdi.

Kompaniya o‘z matbuot relizida tovarlarning professional sportchilar bilan birga tanlanganiga urg‘u bermoqda. Xarid qilingan predmetlar Nissan X-Trail gibrid avtomashinasida yetkazib beriladi.
Brend shuningdek xaridorni ulkan predmet uchun alohida joy ajratishi zarurligidan ogoh qiladi. Tovarlarni yetkazib berish buyurtma bahosiga kiritilmaydi va alohida muhokama qilinadi.
Xaridlarni qo‘llash borasidagi tavsiyanomada, masalan, suv va toshlardan uy sharsharasini yaratish mumkinligi yozilgan. Biroq bu suvni ichish tavsiya qilinmaydi, zero u tabiiy kelib chiqishga ega va tozalash jarayonidan o‘tmagan.
Shuningdek Nissan kompaniyasi YouTube'da yangi rolik taqdim etdi, unda sotuvga qo‘yilgan predmetlarning qanday yig‘ilganligi ko‘rsatilgan.
Hozirda sotuvda tovarlar yo‘q. Nissan X-Trail gibrid avtomashinasini targ‘ib qilishga doir reklama aksiyasi 19 yanvardan 31 martgacha davom etadi. Bundan tashqari, 18 yanvardan butun kolleksiya kompaniya shtab-kvartirasida taqdim etiladi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025