AQShning sobiq prezidenti jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
AQShning 41-prezidenti Katta Jorj Bush Xyustondagi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga o‘tkazildi. Hozirda uning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.
Bu haqda Reuters axborot agentligi sobiq prezidentning matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Katta Bush o‘tkir nafas olish muammolaridan aziyat chekmoqda, shifokorlar uning nafas yo‘llarini tozalash muolajalarini o‘tkazishgan. Ayni vaqtda sobiq prezident jonlantirish bo‘limida shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.
Prezidentning rafiqasi Barbara Bush ham toliqqanlik va yo‘tal sababli ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yotqazilgan.
NBC telekompaniyasining ma'lum qilishicha, Katta Bushning shifoxonaga yotqazilishiga nafas siqishi sabab bo‘lgan. Iyunda 92 yoshni qarshilagan Katta Bush hozirda hayot bo‘lgan AQShning eng keksa sobiq prezidenti hisoblanadi. U uyiga bir necha kundan keyin qaytishi mumkin.
AQShning 41-prezidenti Parkinson kasalligidan aziyat chekadi va maxsus aravachada harakatlanadi. 2015 yilda u uyida yiqilib tushib, bo‘yin qismidagi umurtqa suyaklaridan birini sindirib olgan.
Mavzuga oid
09:45 / 10.09.2024
Jizzaxda uch aka-uka shifoxonada bezorilik qildi
12:46 / 09.08.2024
Qashqadaryoda yo‘qolib qolgan ayolning jasadi shifoxonadagi lift shaxtasidan topildi
14:32 / 25.07.2024
«Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
19:13 / 09.07.2024