Sport | 20:24 / 21.01.2017
12619
1 daqiqa o‘qiladi

Denis Istominning 1/8 finaldagi raqibi aniq bo‘ldi

Avstraliyada davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasining 1/8 finalida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilar nomi aniq bo‘ldi.

Nimchorak finalga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik Denis Istominga bu bosqichda turnirning 15-tartib raqami ostida saralangan tennischisi, bolgariyalik Grigor Dimitrov raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Grigor Dimitrov 4-bosqichda fransiyalik Rishar Gaskeni (18-saralangan tennischi) uch setga ko‘ra, juda osonlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi — 6:3, 6:2, 6:4 .

Denis Istomin va Grigor Dimitrov o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvi 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Grigor Dimitrov

Mavzuga oid