Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng yaxshi erkak roli uchun “Oskar”ga nomzodlar ma'lum bo‘ldi
Aktyorlar Keysi Afflek, Rayan Gosling, Endryu Garfild, Denzel Vashington, Viggo Mortensen nomzodlari “Oskar” mukofotiga eng yaxshi erkak roli uchun qo‘yildi.
Nomzodlardan biri Keysi Afflek “Dengizdagi Manchester” filmi uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi. Kinotanqidchilar Rayan Gosling haqida ham ijobiy fikr bildirgan. U “Oskar”ni “La-la-lend” myuziklidagi bosh roli uchun qo‘lga kiritishi mumkin.
Shuningdek, mukofotga nomzodlar ro‘yxatidan Endryu Garfild (“Vijdon nuqtai nazaridan”), Viggo Mortensen (“Kapitan Fantastik”) va afroamerikalik Denzel Vashington (“To‘siqlar”) ham o‘rin oldi.
89-mukofotning tantanali topshirish marosimi 26 fevral kuni Los-Anjyelesdagi Dolby Theatre’da bo‘lib o‘tadi. Uni ABC’dagi kechki shou boshlovchisi Jimmi Kimmel olib boradi.
Mavzuga oid
23:36 / 10.04.2025
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi
11:02 / 03.03.2025
«Anora» - «Oskar»ning bu yildagi asosiy filmi bo‘ldi. Uning rejissyori Shon Beyker to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi
22:45 / 25.04.2024