O‘zbekistondan 12,5 kilogramm oltinni yashirincha olib chiqib ketishning oldi olindi
Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari O‘zbekistondan katta miqdorda oltin va boshqa zargarlik buyumlari olib chiqib ketishning oldini oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston MXXga asosan.
Ma'lum bo‘lishicha, Namangan viloyatining "Zarkent" chegara nazorat punktida "Damas" avtomobili tekshirish uchun to‘xtatilgan. Namangan viloyati MXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tintuv natijasida avtomobil o‘rindig‘i ostidan va magnitola o‘rnatish joyidan 8 ta paket topildi. Paketlarda quyma va taqinchoq ko‘rinishida bo‘lgan 12,5 kg oltin topilgan. Avtomobil haydovchisining aytishiga qaraganda, u bu buyumlarni Qirg‘iziston chegarasida boshqa kishiga topshirishi kerak bo‘lgan.
"Avtomobil haydovchisi uch bolaning otasi, 67 yoshli Muhammadjon Xo‘jamberdiyev bo‘lgan. U "Namangan — Nanay" yo‘nalishida kirakashlik bilan shug‘ullangan. Ma'lum bo‘lishicha, u anchadan beri qimmatbaho buyumlar kontrabandasi bilan shug‘ulanayotgan ekan. U ushbu ish uchun buyurtmachilardan mo‘maygina mablag‘ olgan", — deyilgan xabarda.
Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, Namangan viloyati MXX Tergov boshqarmasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid
14:54 / 26.09.2024
Namanganda avval ham firibgarlik uchun sudlangan shaxs yana shunday jinoyatga qo‘l urdi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
13:05 / 05.09.2024
Xitoy Namanganda misni qayta ishlash zavodini qurishi mumkin
10:27 / 20.08.2024