Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyatchilik bilan kurashishda rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganiladi
24 yanvar kuni poytaxtdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom ettirildi. Mediahaftalikning ikkinchi kuni qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga e'tibor qaratildi.
Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar jinoyat qonunchiligida bir qator o‘zagarishlar kiritilgani, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi, yarashuv institutlarini kengaytirish borasida so‘z yuritishdi. Bunda asosiy urg‘u jinoyatlarning oldini olish - profilaktikaga qaratildi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Harakatlar strategiyasi loyihasi huquqbuzarliklarning obektiv va sub'yektiv sabablarini aniqlash, ularning oldini olishni ko‘zda tutadi. Jamoatchilik tashkilotlari ham bu jarayonga jalb etiladi. Terrorizm, ekstremizm, korrupsiya, jinoyatchilik bilan kurashish borasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish masalasi ko‘rib chiqilishi ta'kidlandi.
Bundan tashqari IIV faoliyatini nazorat qilish, ularning ochiqligi, shaffofligini ta'minlash masalasi ham yangi strategiya doirasida muhokamaga qo‘yilgani ma'lum qilindi.
Profilaktika ishlari doirasida mahalla bilan hamkorlik olib borish, odamlarning huquqiy ongini oshirish, OAV targ‘iboti muhim o‘rin tutishi ta'kidlandi. Qonunchilikni mustahkamlash yo‘lida faqat chuqur tahlil orqaligina istalgan natijaga erishish mumkinligiga urg‘u berildi.
Mavzuga oid
07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
07:21 / 25.04.2025
Shukrullo Isroilovga tegishli avtomobilni olib qochgan yigit qamaldi
17:31 / 13.03.2025
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari
11:53 / 10.03.2025