O‘zbekiston | 07:35
1768
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U noqonuniy o‘zlashtirilgan yerni 205 mln so‘mga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Foto: Jizzax viloyati IIB

Jizzax viloyati huquq tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yerni noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.

Jizzax viloyati IIB xabariga ko‘ra, Baxmal tumanida yashovchi fuqaro M.S.B. hokimlik tasarrufida bo‘lgan «Mo‘g‘ol» qishlog‘i hududidagi 40 sotix yer maydonini noqonuniy o‘zlashtirib olib, boshqa fuqaroga 205 mln so‘mga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozir holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid