Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandlik amaldor Yaponiyadagi mehmonxonadan uch san'at asarini o‘g‘irladi
Yaponiyadagi mehmonxonalardan biridan uch san'at asarini o‘g‘irlaganligida ayblanayotgan tay amaldori Tailand savdo vazirligi tomonidan advokat va tarjimon bilan ta'minlanadi. Bu haqida Daily Sabah nashri ma'lum qildi.
Kioto politsiyasining xabar berishicha, seshanba kuni Suphat Sakuanikulning avtomobili yukxonasidan tasviriy san'at asarlari topilgan. Mehmonxona xodimlari kuzatuv kamerasidan devordan rasmlarni olayotgan kishini ko‘rib, politsiyaga shu haqida xabar berishgan.
Uch asar umumiy qiymati 15 000 iyena (130 dollar)ga baholanadi.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, intellektual mulk departamenti bosh direktor o‘rinbosari suratlarni yoqtirib qolgani uchun ularni olganini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025