Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilardan biri yo‘lbars hamlasidan halok bo‘ldi
Xitoyning Ninbo shahridagi hayvonot bog‘iga tashrif buyurganlardan biri yo‘lbars hamlasi oqibatida halok bo‘ldi. The Global Times nashrining ma'lum qilishicha, voqea 29 yanvarda yuz bergan va uning videosi YouTube’da paydo bo‘lgan.
Guvohlarning aytishicha, erkak himoya to‘sig‘i va suvli xandakdan o‘tib, yo‘lbarslar qafasida paydo bo‘lgan. Bu holat hayvonot bog‘i xodimlari yirtqichlarni ovqatlantirishayotganda yuz bergan. Voqea vaqtida yo‘lbarslarni feyyerverklar yordamida haydashga harakat qilishgan.
CGTN telekanalining ma'lum qilishicha, hamla qilgan yo‘lbars otib tashlangan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025