Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Fukusima AES reaktorida tadqiqot o‘tkazadigan yangi robot taqdim qilindi
Yaponiyaning Yadro inshootlarini demontaj qilish tadqiqot instituti yangi radioboshqariluvchi robotni taqdim qildi. U shu yilning mart oyida "Fukusima-1" AESning birinchi reaktoriga yuboriladi. Robot bu yerda razvedka ishlarini olib boradi.
Robot 70 santimetrli cho‘ziq shaklli bo‘lib, ikkita qisqich va kameraga ega hamda masofadan boshqariladi. Dastlab, AES operator kompaniyasi Tokyo Electric Power (TEPCO) shu kabi robotlarni birinchi va ikkinchi reaktorlarga yuborishni rejalashtirgan edi. Biroq, yaqinda ikkinchi reaktor ichida aniqlangan yuqori radiatsiya darajasi bu rejalarga biroz o‘zgartirish kiritishga sabab bo‘ldi. Ikkinchi reaktordagi soatiga 530 zivert miqdoridagi nurlanish sharoitida robot atigi ikki soat ishlay olishi mumkin.
TEPCO kompaniyasiga ko‘ra, oddiy inson sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan me'yordagi nurlanish yiliga 0,0024 zivertni tashkil etishi mumkinligi, 20 zivertlik nurlanishga chalingan inson shu vaqtning o‘zida hayotdan ko‘z yumishi e'tiborga olinsa, ikkinchi reaktor ichidagi nurlanish juda xavfli ekanini tushunish qiyin emas.
2011 yil martida Yaponiyada yuz bergan dahshatli zilzila va sunami oqibatida "Fukusima-1" AESida texnogen halokat yuz bergan edi. Stantsiyaning elektr ta'minoti va sovutish tizimi ishdan chiqqanligi sababli uchta energoblokda radioaktiv metall erib ketdi va reaktorlarning himoya qobig‘ini kuydirib tashladi. Bir vaqtning o‘zida vodorod portlashi va katta miqdorda radioaktiv moddalar chiqishi sababli AES atrofi zararlandi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:15 / 21.05.2025