Jamiyat | 14:46 / 03.02.2017
11702
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi eng yomon yo‘llardan biri bahor oylari boshida ta'mirlanishi mumkin

Foto: Nuz.uz

Toshkent shahrida yo‘llarni keng qamrovli ta'minlash ishlari olib borilayotganiga qaramay, haydovchilar chetlab o‘tayotgan qismlar hamon qolmoqda. Ulardan biri – xalq tilida “betonka” deb ataluvchi hamda sobiq “Lisunova” kinoteatri va Qozonxona tomonga qarab ketuvchi yo‘ldir.

2016 yilning kuzida bu yerda yo‘lni kengaytirish maqsadida tramvay liniyalari olib tashlandi, biroq, qurilish ishlari chala qolib ketgandi. Ayni damda yo‘lning ko‘p qismidagi asfalt qoplamasi buzilgan, yoritish chiroqlari esa deyarli yo‘q.

Nuz.uz’ning Toshkent shahri hokimiyatiga asosan xabar berishicha, yo‘lning ushbu qismida ta'mirlash ishlari joriy yilning bahori boshlarida, iliq ob-havo paytida davom ettiriladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilda butun shahar bo‘ylab yo‘llarni tiklash uchun qariyb 40 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan, hamda ularning bir qismi yuqoridagi yo‘lni tartibga keltirish uchun ham yo‘naltiriladi.

Ish kompleks tartibda olib boriladi – yo‘l ta'mirlanadi, unga asfalt yotqiziladi va tungi vaqtda yoritish uchun maxsus ustunlar o‘rnatiladi.

Mavzuga oid