Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda terrorchilarni moliyalashtirgan kimsa qo‘lga olindi
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Qirg‘izistonning terrorchilarni moliyalashtirishda gumon qilingan fuqarosini qo‘lga oldilar. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan gumonlanuvchi O‘sh viloyatilik 32 yoshli shaxs bo‘lib, u 2012 yilda Misr va Suriyaning diniy muassasalarida o‘qigan. U o‘sha yerlarda xalqaro terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan tanishib qolgan.
2012 yilda gumonlanuvchi ular bilan arab davlatlaridan birida terrorchilik guruhlarini moliyalashtirish uchun biznes tashkil qilgan.
2015 yil yanvarda u Qirg‘izistonga qaytgan. Bu yerda gumonlanuvchi o‘z ishini ochib, terrorchilarga pul jo‘natishni davom ettirgan.
Ushbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025