Jamiyat | 15:01 / 05.02.2017
9494
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Angliyalik kishi kuchli dovul vaqtida dengizda cho‘milishga qaror qildi

Angliyaning Devon grafligidagi Dolish shahrida kuchli dovul vaqtida dengizda cho‘milishga qaror qilgan kishini videoga olishdi.

"Dolishda erta tong. Qandaydir aqldan ozgan kishi esa dengizda cho‘milmoqda", — deya video muallifi Pol Jonson hodisaga izoh bergan.

Rolik avvalida dengiz suvi qirg‘oqdagi temiryo‘lga qanday otilayotganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng avtor kamerani dengiz tomonga qaratadi va suvdagi odamga ko‘zi tushadi. Bu odam cho‘kmayotgan, aynan cho‘milayotgandi.

Daily Mirror nashrining aniqlik kiritishicha bu vaqtda Devon grafligi hududida shamol tezligi soatiga 110 kilometrni tashkil qilmoqda edi.

Mavzuga oid