Jahon | 20:04 / 06.02.2017
5112
2 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytdagi yangi opera teatrida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Kuvaytdagi Shayx Jobir al-Ahmad al-Kuvayt madaniy markazi yoki Kuvayt opera teatri nomi bilan mashhur binoda yirik ommaviy yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida GulfNews nashrida xabar berildi

Kuvayt axborot agentligi qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot bermadi. 

Kuvayt yong‘inga qarshi xizmat ekipaji yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lganligi ma'lum qilindi. 

Manbaga ko‘ra, yong‘in muhandislar xonasida boshlangan va o‘t o‘chiruvchilar uni o‘chirishning uddasidan chiqishgan. 

Mamlakat IIVda yong‘in natijasida qurbonlar bo‘lmaganligi tasdiqlandi. 

Mazkur teatr 2016 yilning oktabrida amir, shayx Sabah al- Ahmad as-Sabah tomonidan ochib berilgan. Opera teatri 2000 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi. Ma'lumotlarga ko‘ra,  uni bunyod etish ishlariga 775 million dollar sarflangan. 

Mazkur madaniy markaz taqdimotida italiyalik tenor Andrea Bochelli, kuvaytlik bir qator qo‘shiqchi, artist va ijrochilar ishtirok etishgan.

 

 

Mavzuga oid