Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi ariqqa tushib ketdi
Toshkentda TTZ-“Do‘stlik” metro bekati yo‘nalishida harakatlangan 49-raqamli “Isuzu” yo‘lovchi avtobusi sirpanchiq yo‘lda ag‘darilib ketdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan yo‘lovchi transporti ariqqa tushib ketib, yonboshlab qolgan. Voqea joyidan olingan fotosuratlar Facebook’dagi guruhlardan birida joylashtirildi.
Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kimga zarar yetmagan. Guvohlarning fikricha, voqeaga muzlab qolgan yo‘l sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025