Jamiyat | 23:04 / 09.02.2017
8081
1 daqiqa o‘qiladi

Tvitterda #NavoiyDay heshtegi dunyo trendiga olib chiqildi

O‘tgan yili #Navoiy575 va #BoburDay heshteglarini dunyo trendiga olib chiqqan «E-yoshlar» guruhi bu yil ham bu ishni takrorladi.

Bugun, shoir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan ushbu aksiyaga qo‘shilgan Twitter foydalanuvchilari soat 9:00dan boshlab #NavoiyDay heshtegi bilan tvitlar yoza boshlashdi.

Aktsiyada, shuningdek, Facebook va Instagram foydalanuvchilari ham o‘z postlarida ushbu heshteglarni ishlatgan holda qatnashishdi.

Aktsiya tashabbuskorlari heshteg trendga olib chiqilganini isbotlovchi skrinshotlarni keltirishgan.

«E-yoshlar» guruhi 14 fevral kuni #BoburDay‬‬ heshtegini trendga olib chiqishni maqsad qilgan. Shu kuni 14:00 dan boshlab ijtimoiy tarmoqda mazkur heshteg bilan post qoldirilishi boshlanadi.

Mavzuga oid