Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Picstory: Atlantika ummonidagi muallaq shahar manzarasi
Portugaliyadagi shahar tasviri ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. Suratda uylar qoyalardan o‘sib chiqib, okean uzra muallaq turgandek tuyuladi.
Bunday go‘zal kadr fotosuratchi Sean Pavone tomonidan olindi. Tasvirda – Portugaliyadagi Azenash-du-Mar shahri manzarasi aks etgan. Bu noodatiy shahar Atlantika okeanining eng chekka qirg‘og‘idadagi qoyada joylashgan. Uning nomi o‘zbek tiliga “dengiz tegirmoni”, deb tarjima qilinadi.
Bir necha manbalarning guvohlik berishicha, shaharga ilk suvli tegirmonlar – “azanosh” paydo bo‘lganda arablar tomonidan asos solingan. Uning nomi ham shundan kelib chiqqan. Shahar o‘zining g‘ayritabiiy joylashishi, tabiiy hovuzlar va go‘zal manzaralari tufayli minglab turist va fotosuratchilarni o‘ziga jalb etadi.
Foydalanuvchilardan biri suratda nafaqat go‘zal manzarani payqagan, balki boshqa jihatlarga ham e'tibor qaratdi. Uning surat versiyasi shunday ko‘rinish oldi:

Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi
17:12 / 28.04.2025