Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunker: YeI va Ukraina viza tartibi yozgacha liberallashtiriladi
Yevropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasidagi viza tartibining liberallashuvi (vizasiz bordi-keldi yo‘lga qo‘yilishi) 2017 yil yoziga qadar kuchga kiradi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bayonot berdi, deb xabar qilmoqda «112 Ukraina» telekanali.
«Biz vizani liberallashtirish masalasini muhokama qildik — bu yozgacha ro‘y beradi», — degan Yunker Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman bilan o‘tkazgan muzokaralari yakunida.
Eslatib o‘tamiz, Yunker 2016 yil noyabr oyida o‘tgan yil oxirigacha, YeI-Ukraina o‘rtasidagi viza tartibi bekor qilinishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
20:37 / 27.05.2025