Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida o‘g‘irlik qilgan 3 nafar yigit qo‘lga olindi
Toshkent shahar Yunusobod tumani IIBga Hasanboy mahallasida yashovchi fuqaroning uyiga noma'lum shaxs yashirin ravishda kirib, ko‘p miqdordagi pullari, 4 turdagi sariq metaldan yasalgan uzugi, 3 dona sariq metaldan yasalgan soatini o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘g‘ri uyga kirish eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirganligini aniqlashdi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish va jabrlanuvchining qo‘ni-qo‘shnilari bilan olib borgan surishtiruvlar jarayonida gumonlanuvchilarning iziga tushildi va ular tezda qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, ushbu o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi - 1991, 1992 va 1994 yilda tug‘ilgan yigitlar sodir etishgan ekan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025