Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp ikki omilli autentifikatsiyani barchaga joriy qildi
WhatsApp ilovasi mualliflari messenjerning barcha foydalanuvchilari uchun ikki bosqichli kirish funksiyasini joriy qildi. Bu haqda VentureBeat yozmoqda.
Bu funksiya WhatsApp ilovasining Android, iOS va Windows Phone smartfonlariga moslashtirilgan barcha dasturlarida ishlaydi. Uni faollashtirish uchun messenjer sozlash bo‘limiga kirib, «Akkaunt» sahifasidagi kerakli tanlovni belgilash kerak bo‘ladi.
Shundan so‘ng, funksiya faollashgach, foydalanuvchi har safar ilovaga yangi qurilmadan kirishda 6 belgili parolni kiritishi talab etiladi. U, shuningdek, parolni tiklash uchun email-elektron adres manzilini ham ko‘rsatishi mumkin.
Yana bir jihati, siz bu funksiyani yoqqan bo‘lsangiz hamda ilovadan so‘nggi marotaba foydalanganingizga 1 haftadan oshgan bo‘lsa, WhatsApp sizdan ikki bosqichli parolni so‘raydi.
7 kundan so‘ng, siz telefonda WhatsApp uchun yangi telefon raqamini parolsiz ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi. Biroq, bunda barcha eski xabarlarni yo‘qotasiz.
WhatsApp bu imkkoniyatni 2016 noyabrida sinov tariqasida ishga tushirgan edi.
Mavzuga oid
17:53 / 07.05.2025
AQSh sudi Pegasus josuslik dasturini yaratgan Isroil kompaniyasini 170 mln dollar jarimaga tortdi
21:44 / 04.03.2025
Saudiya Arabistoni banklariga mijozlar bilan WhatsApp orqali muloqot qilish taqiqlandi
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
09:53 / 21.12.2024