Fan-texnika | 17:48 / 13.02.2017
13828
2 daqiqa o‘qiladi

Smartfonlarning kameralarini yaxshilash usuli topildi

Harvard universiteti olimlari tekis meta-linzalar ishlab chiqarishdi. Bu linzalar smartfonlar va boshqa qurilmalarda suratga olish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. 

An'anaviy linzalar shisha va yorug‘lik o‘tkazuvchi boshqa materiallardan yasaladi. Ular ma'lum bir darajada egrilik radiusiga ega. Smartfon qulay bo‘lib qolishi hamda kameralar telefon korpusidan bo‘rtib chiqmasligi uchun ishlab chiqaruvchilar yirik tizimlarni joylashtirish imkonini topa olmayotgan edi. 

Harvard olimlari ishlab chiqqan meta-linzalar titan oksidining ustunlaridan tashkil topgan. Ularni istalgancha ingichka qilish mumkin. Bu kabi linzalar yorug‘likni bosh nuqtada aks ettira oladi. 

Innovatsion linzalar ancha ixcham va vazni ham yengil. Ularni o‘rnatish fotosuratlar sifatini yaxshilash barobarida qurilma qalinligini kamaytirish hamda xromli chegaralarni yo‘qotish imkonini beradi. 

Fokuslash quyidagicha amalga oshadi:

Bir necha oy muqaddam ushbu linzalardan faqat monoxromli tizimlarda foydalanilgan edi. Hozirda, olimlar ko‘k-yashil spektr bilan ishlamoqda. Yaqin orada to‘liq tusli namuna olinishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid