Jahon | 21:39 / 14.02.2017
5383
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda 9 nafar vazir almashtirildi

Foto: AP Photo/ Mulugeta Ayene

Misr parlamenti 14 fevralda 9 nafar yangi vazir nomzodini tasdiqlash uchun ovoz berdi, deb xabar bermoqda Misr televideniyesi.   

Hukumatning yangilangan ro‘yxati parlamentga tasdiqlash uchun yuborilgandi. Ovoz berish jarayonida Misr bosh vaziri Sharif Ismoil ham ishtirok etdi.

Qishloq xo‘jaligi, rejalashtirish va ma'muriy islohotlar, oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar, Vakillar palatasi (parlament) ishlari bo‘yicha, ta'minot va savdo, hududiy rivojlanish va transport vazirliklarida rahbarlar almashtirildi.

Misr investitsiyalar vazirligi va xalqaro hamkorlik vazirligi bir vazirlikka birlashtirildi. Yangi vazirlikka xalqaro hamkorlik vazirligining endilikda sobiq vaziri Saxar Nasir rahbar etib tayinlandi.

Mavzuga oid