Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virjiniya federal sudi Tramp farmoni ijrosini taqiqladi
AQShning Virjiniya shtati federal sudi AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmoni ijrosiga yangi vaqtinchalik taqiqni joriy qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar qilmoqda. Avvalroq, Virjiniya bosh prokurori Mark Herring Trampning immigratsiya farmoniga qarshi guruhga qo‘shilgan edi.
Agentlikka ko‘ra, taqiqni federal hakam Leoni Brinkema qo‘llagan. Qayd etilishicha, u AQSh adliya vazirligining murojaatini "asossiz" deb topgan.
Tramp farmoniga qarshi ariza Amerika fuqaro erkinliklarini himoya qilish ittifoqi va boshqa huquqni himoya qilish guruhlari tomonidan topshirilgan edi. Shuningdek, Amerikaning Nyu-York, Massachusets va Vashington shtatlari bosh prokurorlari ham ayni farmonga qarshi chiqishgani aytilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kaliforniya shtati San-Frantsisko shahar apellyatsiya sudi prezident Donald Trampning immigratsiya farmoniga vaqtincha taqiq joriy qilgan quyi instansiya sudining qarorini ma'qullagan edi.
Trampning "Mamlakatni xorijiy terrorchilardan himoya qilish to‘g‘risida"gi farmoni 7 musulmon mamlakat (Eron, Iroq, Yaman, Suriya, Sudan, Somali va Liviya) fuqarolarining AQShga kirishini 90 kunga taqiqlashni hamda har qanday qochqinni qabul qilish dasturi ijrosini 120 kunlik muddatga to‘xtatishni ko‘zda tutar edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025