Jahon | 21:34 / 15.02.2017
5690
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada mutaxassislar Kim Chen Namning tanasida tibbiy ekspertiza o‘tkazadi

© AP Photo

Malayziyada suiqasd qurboni bo‘lgan Kim Chen Namning jasadi yorib ko‘rib, Sud-tibbiy ekspertiza tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi. Bu haqda New Staits Times xabar bergan.

13 fevral kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi aeroportda KXDR rahbari Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Nam o‘ldirib ketildi. Bu vaqtda u oilasi istiqomat qiladigan Makaoga yo‘l olgandi. 

Turli talqinlarga ko‘ra, qotillar zaharli ignalardan foydalanishgan.

Huquq tartibot organlaridagi manba ma'lumotiga ko‘ra, tekshiruv yakunlari bo‘yicha politsiya bayonot beradi.

Bundan oldingi xabarlarda Malayziya tibbiy ekspertizadan keyin jasadni KXDR hukumatiga topshirishi ma'lum qilingandi. Nashrning qayd etishicha, jasad topshirilishi uchun Malayziya TIV va politsiya roziligi bo‘lishi kerak.

Ayni vaqtda jasad joylashgan shifoxonada KXDR elchixonasining bir necha avtomobillari turibdi.

Kim Chen Namning o‘limi yuzasidan tekshiruvlar davomida Vetnam pasportiga ega 28 yoshli ayol hibsga olingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid