Kun xabari: KXDRning Millat quyoshi tavalludiga 75 yil bo‘ldi (fotojamlanma)
Kim Chen Ir — Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR)ning ikkinchi rahbari, birinchi rahbar (Kim Ir Sen)ning o‘g‘li va uchinchisi (Kim Chen In)ning otasi. Rasmiy tarjimai holiga ko‘ra, u 1942 yilning 16 dekabrida Shimoliy Koreyaning eng baland Pektusan tog‘ yonbag‘ridagi partizanlar lagerida dunyoga kelgan. Tarixchilarning ma'lumotiga ko‘ra, Yuriy Irsenovich Kim Xabarovskdagi Vyatskoye qishlog‘ida tug‘ilgan.
1994 yilda, otasining o‘limidani keyin Kim Chen Ir mamlakatdagi barcha asosiy lavozimlarni egallagan. Tashqi dunyoda hurmatga sazovor bo‘lgan rahbar o‘zini ko‘klarga ko‘tarishlariga irsiy moyilligi, o‘z fuqarolarining ochlikdan qochishi, qo‘shnilarga yadro bilan tahdidlari hamda sigara va konyakka bo‘lgan "muhabbati" bilan tanilgan. "Millat taqdiri" parvoz qilishdan qo‘rqqan, shu bois o‘zining barcha safarlarini shaxsiy bronepoyezdda amalga oshirgan. 2001 yilda u Vladimir Putinning oldiga Sankt-Peterburgga borgan, bu o‘sha paytlar Transsibir magistralining harakatiga katta ta'sir ko‘rsatgan. "Millat quyoshi" 2011 yilda vafot etgan, bundan avval esa hukumatni o‘g‘li Kim Chen Inga berishga ulgurib, sulola bardavomligini ta'minlagan. Bugun, 16 fevral kuni siyosatchining tug‘ilganiga 75 yil bo‘ldi. Uning tanasi Pxenyandagi mavzoleyga joylashtirilgan. "Gazeta.ru" Kim Chen Irning fotojamlanmasi bilan bo‘lishdi.