Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Flinnga iste'foga ketishdan avval Rossiyadan sanksiyalarni olish rejasi berilgan
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinnga u iste'foga ketishidan bir hafta avval Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish orqali Rossiyadan sanksiyalarni olish rejasini taqdim qilishgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyatni tartibga solish rejasi Flinn ketishiga qaramasdan, hozircha butkul rad etilmagan. Hujjatni Trampning shaxsiy huquqshunosi Maykl Koen, biznes-hamkori Feliks Seter va Tramp saylovoldi shtabini boshqargan Pol Manafort topshirgan.
Shu bilan birga rejani ishlab chiqishda asosiy rolni ukrainalik deputat Andrey Artemenko o‘z zimmasiga olgan. Xususan, hujjatda Ukraina sharqidan "rossiyalik" harbiylarning to‘liq olib chiqilishi hamda ukrainaliklar orasida "Qrimni Rossiyaga 50 yildan 100 yilgacha muddatga ijaraga berish kerakmi?" degan masala bo‘yicha referendum o‘tkazish nazarda tutilgan.
Nashrda ta'kidlanishicha, bu rejaga Oq uy qanday munosabat bildirishi noma'lum, biroq ukrainalik diplomatlar orasida u norozilik uyg‘otdi. Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy deputat Artemenkoning AQSh ma'muriyatida Kiyev manfaatlarini bildirishga vakolati yo‘qligini ta'kidlab o‘tgan.
Maykl Flinn 13 fevralda Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyak bilan aloqasi borligi haqida yolg‘on ma'lumotlar bergani uchun iste'foga ketgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025