Jamiyat | 11:30 / 20.02.2017
43907
2 daqiqa o‘qiladi

Saratovdagi dahshatli YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

20 fevral kuni Rossiyaning Saratov viloyatida ikkita yengil avtomobilning to‘qnashib ketishi oqibatida 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi mintaqaviy IIV matbuot xizmati xodimi Denis Jyeltovga asoslangan holda xabar qilmoqda.

YTH mahalliy vaqt bilan tonggi soat 6:00 atrofida ro‘y bergan. «Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 90-mintaqa davlat raqamiga ega Kia Rio rusumli avtomobil qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va 163-mintaqa davlat raqamiga ega bo‘lgan Nissan Almera mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda ikki haydovchi va Kia avtomashinasidagi 4 nafar yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumgan. Nissan mashinasida faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan», — deya aniqlik kiritgan agentlik suhbatdoshi. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Kia Rio salonida 3 erkak va 2 ayol bo‘lgan, ular O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganligi xabar qilinmoqda.

Halokat bo‘yicha tergov ishlari boshlab yuborilgan. 

 

 

Mavzuga oid