Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichidagi muhim: Bojxonada tekshirilgan “Xot lanch”larda aslida nima bor edi?
Davlat bojxona qo‘mitasining “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tamaki mahsulotlarining g‘ayrioddiy usulda olib chiqishga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bojxonachilar “Toshkent-Istanbul” reysi bo‘yicha parvozga otlangan Sh.Karimova va uning qizi Sh.Fazliddinova tomonidan 787 quti sigaretlarning noqonuniy ravishda olib chiqishga urinishlarini fosh qilishdi.

Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida uddaburon qonunbuzarlar sigaretlarni “Xot lanch” yarim tayyor ugra qadoqlari ichiga yashirishgan. Shuningdek, egnidagi kishqi kiyimlarining ichki qismiga tikilgan yashirin cho‘ntaklarga ham sigaretlarni joylab chiqishgan.

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilinmagan, xorijda pullash uchun ko‘zlangan mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 4 mln. so‘mdan oshadi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma'lumot o‘rnida, 2016 yilda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan aniqlangan 100 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati 234 mln. so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.




Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
22:43 / 20.05.2025