Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin G20 sammitida ishtirok etadi
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin Gamburgda iyulda o‘tadigan G20 – "Katta yigirmatalik" sammitida ishtirok etishini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bizning "yigirmatalik" sammitidagi ishtirokimiz prezident darajasida o‘tishi ko‘zda tutilgan", deb aytgan Ushakov.
Sammit 7-8 iyul kunlariga rejalashtirilgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQSh prezidentlarining ilk uchrashuvlari ko‘rinishicha yozda o‘tadigan G20 sammitida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgandi.