Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Range Rover oilasi to‘rt modelga qadar kengayadi
Land Rover kompaniyasi Range Rover Velar nomiga ega bo‘lgan yangi yo‘ltanlamasning ilk tasvirini ko‘rsatdi. Modelning rasmiy premerasi 1 mart kuni bo‘lib o‘tadi, Jyenevadagi avtosalonda esa keng ommaga taqdim etiladi.
Yangilik Britaniya avtomobil ishlab chiqaruvchisining seriyasidagi Range Rover Evoque va Range Rover Sport o‘rtasidagi oraliqni to‘ldiradi. Yo‘ltanlamas haqida hech qanday texnik tafsilotlar keltirilmagan.
Land Rover’dan xabar berishlaricha, Velar nomi birinchi avloddagi Range Rover sinov nusxalari sharafiga tanlangan – ular aynan shunday nomga ega bo‘lgan.

2016 yilning yozida Land Rover kompaniyasi 2017 yilda Range Rover “oilasi”ni kengaytirishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda yangilik xaridorlar uchun BMW X6 va Mercedes-Benz GLE Coupe bilan birgalikda kurash olib borishi xabar qilingan.
Kutilishicha, Range Rover Velar Jaguar F-Pace negizida quriladi. Yangilik motor gammasi Ingenium oilasidagi to‘rt silindrli dvigatellar, shuningdek V6 benzin va dizel agregatlaridan tashkil topadi.
Mavzuga oid
17:54 / 21.06.2023
Range Rover Evoque 2023 taqdim etildi. Uning narxi 40 ming dollardan boshlanadi
23:04 / 06.09.2018
Shotlandiyadagi fermada tasodifan o‘ta noyob «Lend Rover»lar topildi
21:10 / 03.01.2018
2017 yilning eng qiziqarli 8 krossoveri - fotogalereya
20:47 / 10.03.2017