Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongoda gruziyalik polkovnik asirga olindi
Kongo demokratik respublikasida jinoiy guruh Gruziya qurolli kuchlarining iste'fodagi polkovnigini asirga olishdi. Mahalliy nashrlarning yozishicha, kongolik isyonchilar polkovnik uchun 1 million dollar miqdorida tovon puli so‘ramoqda.
Gruziyadagi «Rustavi 2» telekanalida aytilishicha, Kongodagi isyonchi kuchlar 27 yanvar kuni 2ta harbiy vertolyotni urib tushirishgan, vertolyotlardan birida bo‘lgan Soso Osiurauli asir qilingandi.
Osiuraulining qarindoshlari jurnalistlarga aytishicha, u 2 yil muqaddam Gruziyadan ketgandi.
Gruziya TIV bu borada rasmiy xabar tarqatmadi, xabar tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
18:58 / 09.03.2025
Kongoda isyonchilar yetakchilarini qo‘lga olishda yordam berganlarga 5 mln dollar va’da qilindi
14:45 / 24.02.2025
Kongo AQSh va Yevropa Ittifoqiga o‘z resurslaridan foydalanishni taklif qildi
22:57 / 04.02.2025