Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyaliklar uchun Yevropaning «viza» darvozasi ochildi, navbatda kim?
YeI Kengashi ittifoqning uchinchi mamlakatlar bilan vizasiz tartibni vaqtincha to‘xtatish mexanizmini hamda Gruziyaga vizasiz tartibni joriy qilish qarorini qabul qildi. Fevralning so‘nggi kunida Ukrainaga doir muzokaralar boshlanadi.
UNIAN agentligining xabar qilishicha, YeI Kengashining transport va energetika masalalari bo‘yicha majlisi doirasida shunday qaror muhokamasiz qabul qilingan. YeIning Gruziyaga vizasiz tartibni joriy qilish bitimini imzolash marosimi 1 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, 28 fevral tushdan so‘ng, Yevropa parlamenti, YeI Kengashi va YeI prezidentligini bajarayotgan mamlakat o‘rtasida Ukrainaga nisbatan vizalarni bekor qilish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi. UNIANning xabariga ko‘ra, YeI Ukraina uchun vizasiz tartib qarori dunyoning har qanday davlatiga nisbatan vizasiz tartibni bekor qilish mexanizmi doirasida amalga oshishi mumkin.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025