Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blogerlar yog‘och tayyorlovchi kombaynda rodeo tashkil qilishdi
Finlyandiyalik ekstremal-blogerlar yog‘och-taxta tayyorlovchi kombayn (xarvester)da rodeo tashkil qilishdi. Rolik Dudesons’ning YouTube-kanalida taqdim etilgan.
Sakkiz kun davomida 410 ming marta ko‘rilgan videoda blogerlar yangi kesilgan hamda xarvester “panjasi”da aylanayotgan daraxtlarda ko‘proq vaqt qolishga urinishganini ko‘rish mumkin. Ekstremallar o‘rtasidagi musobaqa quruqlikda ham, suv ustida ham o‘tkazilgan. Rekord esa uch daqiqadan biroz ko‘proqni tashkil etdi.
Mag‘lub bo‘lgan blogerlarga esa finlyandiyalik maktab o‘quvchilari oldida qatron va patlar sepilib, so‘ng ularni tovuqqa o‘xshab harakat qilishga majburlashdi. «Finlyandiyalik bo‘lish uchun jasorat kerak», - deyiladi rolik so‘ngida.
Mavzuga oid
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
23:18 / 23.11.2024