Jamiyat | 08:48 / 28.02.2017
22823
5 daqiqa o‘qiladi

Xatolarni kechirmaydigan 12ta eng xavfli yo‘l

Avtomobili va o‘zining haydovchilik tajribasiga ishongan kamdan-kam insonning bu yo‘llardan o‘tishga yuragi dov beradi. Ba'zi bir yo‘llarni navigatorlarda “sog‘liq uchun xavfli” deb belgilab qo‘ygan ma'qul. Haqiqatdan ham, dunyoda shunchalik g‘alati va qo‘rqinchli yo‘llar borki, ularni qurishmaganda qanchadan-qancha insonning hayoti saqlanib qolingan bo‘lardi. Biz 12ta eng xavfli yo‘llarni izlab topdik – ularda hattoki eng tajribali haydovchilarning qo‘rqmasdan yurishi ham katta so‘roq ostida.

Dalton shossesi, Alyask

Asosan shag‘alli yo‘l bo‘lib, yoqilg‘i olib yuruvchi yuk mashinalari uchun qurilgan, biroq yo‘lning ko‘p qismida qor ko‘chkilaridan ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilgan. Shuningdek bu yo‘lda o‘ta ingichka muz qatlami bo‘lib, yilning sovuq paytlarida juda kuchli shamollar kuzatiladi.

Pritxvi shossesi, Nepal

Himolay tog‘lari manzarasidan bahramand bo‘lish – ushbu yo‘lda harakatlanmoqchi bo‘lgan haydovchi uchun yoqimli bo‘lgan atigi bir narsadir. Juda ham ko‘p transport vositalari qatnaydigan asfalt yo‘lning bir necha qismlarida tirbandliklar xuddi suv toshqinlari hamda o‘pirilishlar kabi tez-tez uchrab turadi.

Atlantik Roud, Norvegiya

Bu 8 kilometrlik yo‘lda hattoki o‘ta keskin burilishlar ham yaxshi ob-havo paytida unchalik qo‘rqinchli emas, biroq po‘rtana yuz berishi bilan yo‘lga har soniyada kuchli to‘lqinlar yopiriladi.

Kolyma, Rossiya

Bu o‘lkalarda kuzatiluvchi sovuq ob-havo avtomobili dvigateli kerak bo‘lmagan paytda va yerda to‘xtab qolgan istalgan sayyohning hayotiga xavf solishi mumkin. Darvoqe, ushbu yo‘l Stalin davrida minglab mahbuslar yordamida qurilgan.

Xo Shi Min so‘qmog‘i, Vetnam va Laos

Vetnamdagi urush paytida aynan shu so‘qmoq frontga kuchlarni tashlashda ishlatilgan hamda aynan uning yordamida Shimoliy Vetnam g‘alaba qozongan. Albatta, bu yo‘l doimiy aviazarbalarga uchragan, biroq u tezlikda ta'mirlangan, portlamay qolgan bombalar esa yer ostida qolib ketgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ayni damda ushbu yo‘lning Laos qismida taxminan 80 million snaryadni izlab topish mumkin.

O‘lim yo‘li, Boliviya

Bu yerda har yili taxminan 300 kishi halok bo‘ladi – shunchaki, avtomobil boshqaruvida e'tiborsizlik qilib yoki velosipeddan 3 kilometrlik balandlikdan pasta qulab.

Stelvio dovoni, Italiya

Ushbu 21 kilometrlik egri-bugri yo‘lda 48ta keskin burilish mavjud bo‘lib, uni bosib o‘tish bo‘yicha rekord - 15 daqiqayu 23 soniyaga teng. 

Million dollarlar shossesi, Kolorado

Siz men ushbu yo‘ldan qaytadan o‘tishim uchun million dollar berishingiz kerak. Afsonalarga ko‘ra, bu yo‘ldan birinchi marta o‘tgan kishi aynan shu so‘zlarni aytgan. Bu yerda juda tor qismlar va keskin burilishlar ko‘plab topiladi.

Guolyan tog‘li tunneli, Xitoy

Guolyan so‘zining xitoychadan tarjimasi “xatolarni kechirmaydigan yo‘l” degan ma'noni bildiradi. Qoyalarda 30dan ortiq “derazalar” mahalliy aholi vakillari tomonidan qilingan bo‘lib, hozirda ularda turistlar sayr qilib yuradi. Avtomobilda bu yerdan o‘tish esa juda xavfli.

Luksor-Xurgada trassasi, Misr

Misrda yo‘ldagi eng ko‘p talonchilik holatlari aynan shu trassada kechki vaqtlarda sodir bo‘ladi. Ushbu ikki shahar o‘rtasidagi eng yaqin yo‘lni qidirish maqsadidagi so‘rovda birinchi bo‘lib xavfsizlik va o‘z hayotini qo‘riqlash yuzasidan maslahatlar taqdim etiladi.

Karakorum shossesi, Xitoy va Pokiston

O‘tgan asrning 60-yillarida har ikki mamlakat tomonidan qurilgan ushbu yo‘l dunyoning sakkizinchi mo‘'jizasi deb atalgandi. Qurilish vaqtida taxminan 900 kishi halok bo‘lgan.

Hamdo‘stlik avenyusi, Filippin

Bu 12 kilometrlik yo‘l qismining eng yomon jihati shundaki, bu yerdagi polosalar ba'zida 18taga yetadi. Bu esa suvni tarqatish yomon tizimi bilan birgalikda yomg‘ir paytida suv toshqinlariga olib keladi. Ushbu yo‘lda har yili taxminan bir necha ming inson halok bo‘ladi.

Mavzuga oid