Jamiyat | 23:12 / 28.02.2017
9953
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda leopard 6 kishiga jarohat yetkazdi

Hindistonda baliq tutadigan to‘rga ushlanmoqchi bo‘lgan leopard 6 kishini yaraladi. Bu haqda 28 fevralda Daily Mirror nashri xabar berdi

Leopard mamlakatning shimolidagi Muzaffarpur okrugidagi qishloqlardan birining yonida dam olayotgan bo‘lgan. Mahalliy aholi uni payqab, uning atrofida to‘plana boshlagan. Yirtqich atrofidagi odamlardan bezovtalana boshlagan.

Odamlar leopardni uxlatuvchi dorili nayza bilan zararsizlantirishi mumkin bo‘lgan mutaxassisning kelishini kutib o‘tirmay, baliq tutadigan to‘rni leopard ustiga tashlashgan.

Biroq leopard to‘rdan chiqib ketib, 6 nafar odamga hujum qilib qochib ketgan. Ta'kidlanishicha, jarohatlanganlarning hayoti xavf ostida emas.  

Shundan keyin qishloqqa yirtqich hayvonlar bo‘yicha mutaxassis yetib kelgan. U leopardni ta'qib qilib, uni uxlatuvchi dorili nayza bilan zararsizlantirgan. Uyquga ketgan leopard qafasga qamalgan.

13 fevralda Hindistonda 6 kishini o‘ldirgan yo‘lbars tutib olingandi.

Mavzuga oid