Sport | 09:25 / 28.02.2017
8614
2 daqiqa o‘qiladi

«Lester» Shekspir rahbarligidagi ilk o‘yinda «Liverpul»ni mag‘lub etdi

Angliya chempionatining 26-turida «Lester» Klaudio Ranerining iste'foga chiqarilishidan keyingi ilk o‘yinni «Liverpul»ga qarshi o‘tkazdi. Lesterdagi «King Pauer — Uolkers» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi sensatsion g‘alabasi bilan yakunlandi.

Italiyalik mutaxassisga yordam berib kelgan Kreyg Shekspir qo‘l ostida birinchi uchrashuv o‘tkazgan jamoa ilk daqiqalardanoq birinchi raqam ostida harakat qildi.

28-daqiqada Jyeymi Vardi o‘z uslubida himoyachilardan qochib ketib, Simon Minoleni ojiz qoldirdi - 1:0. Birinchi bo‘limning o‘zida hisobdagi ustunlik oshirildi - gol muallifi Deniyel Drinkuoter.

60-daqiqaga kelib «tulkilar» Vardining dubli evaziga hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib kelib qo‘ygan edi. 68-daqiqada Felipe Koutino «Liverpul»ning yagona golini urdi va hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi.

Bu g‘alaba «Lester»ning 2017 yildagi APL o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ilk g‘alabasidir.

Bu g‘alabadan so‘ng «Lester» ochkolari sonini 24taga yetkazib, turnir jadvalida 15-o‘ringa ko‘tarildi va xavfli hududdan biroz uzoqlashdi. «Liverpul» esa 49 ochkosi bilan beshinchi o‘rinda.

Angliya chempionati, 26-tur
Lester – Liverpul 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 28 Vardi, 2:0 – 39 Drinkuoter, 3:0 – 60 Vardi, 3:1 – 68 Koutino. 
Lester – Shmeyxel, Simpson, Morgan, Hut, Fuks, Mahrez (Grey, 80), Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton (Chiluell, 90), Okazaki (Amarti, 69), Vardi.
Liverpul – Minole, Klayn, Matip, Leyva (Vudbern, 84), Milner, Lallana (Oriji, 66), Jan, Veynaldum, Mane (Moreno, 66), Firmino, Koutino.

Mavzuga oid