Sergelida metroning yer usti liniyasi ilk tayanch ustunlari o‘rnatildi (foto)
O‘zbekiston poytaxtida qurilayotgan yangi obektlar loyihasi hamda qurilish ishlarining borishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda.
Xususan, Facebook’dagi «Tashkent stroitsya» guruhi foydalanuvchilaridan biri metropolitenning yangi Sergeli yo‘nalishi yer usti liniyasi qurilish ishlari tasvirlangan suratlarni taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkita tayanchlar o‘rnatib bo‘lingan, uchinchisi esa – betonlash ishlariga tayyor holatda.
Eslatib o‘tamiz, poytaxt metropolitenining Sergeli yo‘nalishi har yili kamida 14 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.
Qurilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan ushbu yo‘nalishning uzunligi 7,1 kilometrga teng. Loyiha umumiy qiymati 170,1 million dollarga baholangan. “Olmazor” bekatidan Sergeli tumanida quriladigan so‘nggi bekatgacha hammasi bo‘lib oltita bekatni qurish rejalashtirilgan.
Metro yangi yo‘nalishining so‘nggi bekati “Sputnik” mavzesida joylashadi. Bekatlarda eskalatorlar, poyezdni kutishga mo‘ljallangan maydonchalar bo‘ladi. Qurilish ishlarida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024